Budjet shaffofligi va samaradorlik — deputatlar e’borida
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi raisi M.Tangriberganov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi va deputat A.Erkinov tuman hokimligida amaliy o‘rganish o‘tkazdilar.
Kengash tavsiyasi asosida tashkil etilgan ushbu tadbirda tuman budjeti mablag‘larining belgilangan maqsadlarga yo‘naltirilishi va ulardan samarali foydalanilishi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Deputatlik nazorati doirasida budjet intizomiga rioya etilishini ta’minlash va xalq mablag‘larining har bir tiyinini el manfaati uchun sarflanishini nazorat qilish ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.