AJDODLAR XOTIRASI — MUQADDAS, QADAMJOLAR OBODLIGI — EZGU QADRIYAT
Namangan shahrida nuroniylar, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida qabristonlarni obod etish, ajdodlar xotirasiga hurmat va ehtirom ko‘rsatish maqsadida umumxalq hashari tashkil etildi.
Hashar davomida qabristonlar va ularning atrofini obodonlashtirish, hududlarni chiqindilardan tozalash, sanitariya holatini yaxshilash hamda qadamjolarni ozoda saqlashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
Mazkur ezgu tashabbusda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati A. Nasriddinov ham ishtirok etdi. Deputatning hasharda qatnashishi ajdodlar xotirasini e’zozlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va jamoatchilik hamjihatligini mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarning muhim ifodasidir.
Bunday xayrli tadbirlar xalqimizga xos mehr-oqibat, hamjihatlik va o‘zaro hurmat kabi fazilatlarni namoyon etish bilan birga, yosh avlod qalbida ajdodlar merosiga ehtirom va milliy an’analarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ajdodlar xotirasini e’zozlash, ular mangu qo‘nim topgan maskanlarni obod va ozoda saqlash barchamizning insoniy burchimizdir.