“YOSHLAR SAYILGOHI”NING XIZMAT KO‘RSATISH VA TURIZM SALOHIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri
N. Ubaydullayev hamda Kengash deputatlari Sohiba Gapparova,
Z. Sapaev va X. Toshmatova tomonidan “Obi hayot” mahallasi hududida joylashgan, 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi “Yoshlar sayilgohi”da yo‘lga qo‘yilgan xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida sayilgohning xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari, turizm salohiyati hamda aholi va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.
Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 talik tavsiyalarida belgilangan hududlarni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga oid vazifalar doirasida amalga oshirildi.
Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay muhit yaratish masalalari O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ–328-son “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.
“Yoshlar sayilgohi” kabi maskanlarning samarali faoliyat yuritishi shahar turizm salohiyatini oshirish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun imkoniyatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.