#Ekspert_guruhi
#Yoshlar_maslahat_guruhi
📑 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN FIKR ALMASHILDI
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov raisligida Kengash huzuridagi Ekspertlar va yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan muhokama tashkil etildi.
📝 Muhokama davomida kun tartibidagi masalaning mazmun-mohiyati, dolzarbligi va ahamiyati atroflicha ko‘rib chiqilib, uning muhim jihatlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan tegishli takliflar ilgari surilib, masalani har tomonlama o‘rganish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
💬 Uchrashuvda ekspertlar va yoshlar maslahat guruhi a’zolarining fikrlarini tinglash, ularning takliflarini o‘rganish hamda sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan asoslantirilgan xulosalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Mazkur muloqotdan ko‘zlangan maqsad — sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani chuqur tahlil qilish, bildirilgan fikr va takliflarni umumlashtirish hamda uning muhokamasini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube