Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati I. Avalboyev hamda tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan ekspert guruhi tomonidan hududlarda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolar daromadlarini oshirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuvlar davomida aholi vakillari bilan muloqot qilinib, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
🔎 Shuningdek, fuqarolarning taklif va murojaatlarini o‘rganish, aholini daromadli mehnat bilan band qilish hamda oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
📍 Mazkur yo‘nalishdagi uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqot o‘rnatish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish yuzasidan tegishli choralarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.