Aholining ijtimoiy muhofazasi — deputat e'borida
Хalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Z.Raximova mahalla ijtimoiy xodimi bilan hamkorlikda “Bog‘zor” mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi.
O‘rganishlar davomida deputat Vatanparvar ko‘chasi, 43-uyda yashovchi, "Ijtimoiy reyestr"da ro‘yxatda turuvchi Olanazarov Qadam xonadonida bo‘lib, oilaning ijtimoiy-maishiy ahvoli va ehtiyojlarini atroflicha o‘rgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy ҳimoya sohasidagi ustuvor siyosatini амалга oshirish, ehtiyojmand oilalarga manzilli ko‘mak berish hamda ularning yashash sharoitlarini yaxshilash deputatlik faoliyatining bosh mezoni hisoblanadi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur oilaga zarur ijtimoiy yordam ko‘rsatish va muammolarini hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.