Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi sessiyasida Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning tegishli xulosa va qarorlari asosida quyidagi masalalar Kengashning 26-sessiysiga muhokamaga kiritildi hamda ular yuzasidan Kengash qarorlari qabul qilindi:
— tumanda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
— 2027-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida;
— “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining 9 oylik faoliyati to‘g‘risida.