Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati I. Avalboyev hamda tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan eksprt guruhi a'zolari tomonidan aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda oilalarning doimiy daromad manbalarini shakllantirish masalalari yuzasidan tuman markazida faoliyat yuritayotgan Arnasoy “Assia Tex” to‘qimachilik korxonasi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida korxonada aholi uchun yaratilgan ish o‘rinlari, fuqarolarni ish bilan ta’minlash orqali bir qator oilalarning bandligi ta’minlanganligi hamda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.
Ta’kidlash joizki, ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini o‘rganish aholi bandligini ta’minlash borasidagi mavjud imkoniyatlarni baholash, mehnat resurslaridan samarali foydalanish va fuqarolarning daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.