Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputatlari X.Ibragimova va U.Abdunazarov tomonidan “Tashabbusli byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lgan shahardagi 5-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Bugungi kunga jami bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning 80
foizi bajarilganligi hamda yangi o‘quv yilini boshlanishiga ham tayyorgarlik ishlari olib borilayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, “Barkamol avlod markazi”da “Dolzarb 90 kunlik” doirasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va olib borilayotgan to‘garaklar bilan tanishildi. O‘rganish yakunida tegishli tavsiyalar berildi.