Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 17-Bo`rsiliq saylov okrugidan saylangan deputat Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich va mahalla yettiligi hamda tuman hokimligi ma`sullari tomonidan “Navro`z” MFY da yashovchi oilaning ijtimoiy ahvoli va yashash sharoiti o`rganildi. Uchrashuv davomida fuqarolar o`zlarining muammolari yuzasidan savollar, taklif va fikr muloxazalarini bildirdilar, deputat hamda ma`sullar tomonidan
savollarga atroflicha tushuntirish berildi. Shundan so`ng MFY yettiligi bilan fuqarolarning yechimini kutayotgan muammolari bo`yicha zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.