Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Davra suhbati tashkil etildi

 O‘zbekiston “Adolat” SDP Bekobod shahar Kengashi tashabbusi bilan shaharning “Mustaqillik” mahallasida odam savdosiga qarshi kurashishga qaratilgan ma’rifiy tadbir - “Biz odam savdosiga qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Bekobod shahar Adliya bo‘limi mutasaddilari, shahar IIB xodimlari va mahalladagi faol fuqarolar hamda yoshlar ishtirok etishdi. Suhbat davomida odam savdosining turlari, uning kelib chiqish sabablari, bu jinoyatning shaxs va jamiyat uchun xavfli oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, odam savdosining oldini olishda ogohlik, huquqiy bilim va mas’uliyatning ahamiyati alohida ta’kidlandi.