Янгиликлар

Tabrik

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi 2-Bunyodkor saylov okrugi deputati, Havaskorlik san’ati bilan ishlash bo‘limi katta ilmiy xodimi Ibodov Ilhom Sodiqovich Oliy attestasiya komissiyasining 2025-yil 13-iyundagi 371/1-son bayonnomasiga asosan Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga munosib deb topildi.

Yutuqlar bardavom bo'lsin, yurt ravnaqi yo'lida olib borayotgan samarali ishlaringizda zafarlar tilaymiz. Shu bilan bir qatorda tizimda rejalashtirilgan ishlaringizni muvaffaqiyat bilan ijobiy yakun topishida hamda ular orqali ulkan natijalarga erishib, tizim rivojiga munosib hissa qo'shishingizda tilakdoshmiz.