"Adolat" SDP Bekobod shahar kengashi raisi, Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat idoralarida ochiqlikni ta'minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha komissiyasi raisi G. Sharipova tomonidan Bekobod shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 5-son maktabgacha ta'lim tashkilotida O‘zbekiston "Adolat" SDP tomonidan iyul oyini odam savdosiga qarshi kurashish oyligi deb e'lon qilinishi munosabati bilan, ushbu oylik doirasida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida odam savdosi jinoyatining kelib chiqish sabablari, uning og‘ir oqibatlari, chet elda ishlash maqsadida aldanib qolish holatlari va ularning oldini olish bo‘yicha huquqiy va amaliy ma'lumotlar berildi. Shuningdek, deputat tomonidan ushbu tashkilot xodimlariga alohida qabul tashkil qilinib, ularning ijtimoiy va huquqiy savollariga to‘liq javoblar berildi.