Bog‘chaning ichki muhiti, tarbiyaviy jarayonlari, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar va o‘quv-uslubiy faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, pedagoglar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning dars berish uslublari, kundalik rejasi va bolalar bilan ishlash metodikalari o‘rganildi. Mazkur tashrif orqali bog‘chaning umumiy faoliyati, bolalarning rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar va ta’lim sifati hamda taomlanish jarayonlari aniq tasavvur hosil qilindi.