Янгиликлар

#jarayon

📚 2025–2026-o‘quv yili “Birinchi qo‘ng‘iroq” va “Bilimlar kuni” munosabati bilan Oqqo‘rg‘on tumanidagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida tantanali tadbir o‘tkazildi.

🤝 Ushbu tadbirda Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulira’no Umarova ishtirok etib, mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi, yangi o‘quv yili hamda Bilimlar kuni bilan o‘quvchilar va ustozlarni samimiy muborakbod etdi.

✨ Deputat o‘z chiqishida ta’lim sohasidagi yutuqlarni alohida ta’kidlab, yoshlarimizning bilim va ma’rifat yo‘lida intilishlari uchun ulkan imkoniyatlar yaratib berilayotganini qayd etdi. Shuningdek, u o‘quvchilarga o‘qishlarida, ustozlarga esa mas’uliyatli mehnatlarida muvaffaqiyat va zafarlar tiladi.

Slide 1 of 4