#Shukuh
Nurafshonda ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirildi
"Navro'z" mahallasida qad rostlagan “Nuroniylar maskani” hamda "Ma'naviyat va ma'rifat maskani" binosining foydalanishga topshirilishi keksa avlod vakillariga davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtiborning amaldagi yorqin ifodasi boʻldi.
Ochilish marosimida viloyat, tuman masʼullari, nuroniylar, faollar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar yurtimizdagi tinchlik hamda osoyishtalikka shukrona aytib, yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirishdi.
Maskanda nuroniylarning mazmunli dam olib, vaqtini chogʻ oʻtkazishlari uchun barcha sharoit mavjud. Shuningdek, kutubxona, maʼnaviyat, tibbiyot, dam olish xonalari, oshxona, sport zal va sogʻlomlashtirish xonasi, shaxmat-shashka stoli mujassam.
0,11 gektar yer maydonida qad rostlagan ushbu maskan qurilishi uchun 4,6 mlrd so'm miqdorda mablag' ajratilgan bo'lib, keksa va yosh avlod vakillariga oʻzaro muloqotda boʻlish, qolaversa, salomatligini mustahkamlash, ma'naviyatini yanada yuksaltirish uchun keng imkoniyat yaratdi.