Янгиликлар

#E’tirof

#E’tirof (https://t.me/toshvilpressa)

Bir guruh viloyat faollariga davlat mukofotlari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Prezidentimizning Farmonlariga muvofiq, mamlakatimizning turli hududlarida xalq manfaati yo‘lida samarali mehnat qilayotgan bir guruh fidoyi yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan Toshkent viloyatida ham mazkur yuksak mukofotlarni o‘z egalariga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ochib berdi va mukofotlanganlarni samimiy muborakbod etdi.

Marosimda viloyat hokimi tomonidan davlat mukofotlari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Mukofotlanganlar o‘z minnatdorlik so‘zlarida Prezidentimiz va xalqimiz tomonidan bildirilgan e’tibor va ishonchni yuksak qadrlashlarini, bu e’tirof ularni yanada mas’uliyat bilan mehnat qilishga ruhlantirayotganini ta’kidlab o‘tishdi.

Slide 1 of 10