Maktab ta’limida sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari
Parkent tumanidagi 57-maktabda “Maktabda ta’lim sifatini rivojlantirishda sun’iy intellektdan foydalanish” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi bo‘lim boshlig‘i M.Nizomiddinov (https://t.me/MMNizomitdinov) hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti AKT startaplarini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Sh.Yetmishboyev (https://t.me/Yetmishboyev_Sh) ishtirok (https://t.me/Yetmishboyev_Sh) etib, ma’ruza qildilar.