Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
Kun tartibida Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish chora-tadbirlari va Viloyat mahalliy budjetining samarasiz xarajatlarini maqbullashtirish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Viloyat Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosarining hisoboti eshitildi.
Shuningdek “Uzagrologistics Centrs” MCHJning soliq qarzini bo‘lib-bolib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risida masalasi deputatlar tomonidan o'rganib chiqilib, muhokama qilindi.