Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi deputati N.Raxmanberdiyeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Axborot kutubxonasi markazida ushbu muassasa xodimlari ishtirokida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun" shiori ostida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirilayotga ishlar, erishilgan yutuqlarni holisona baholash va ularning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik, xalqimizning ongi shuuriga yetkazish maqsadga muvofiqligi, so‘nggi yillarda islohatlar natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy,ilmiy asoslari yaratilganligi haqida tushuntirish berildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-71-sonli Farmonida belgilangan vazifalar tushuntirildi.
Ushbu tadbirda ishtirokchilar ham faol ishtirok etib, uchrashuv sermazmun, ochiq muloqatda o‘tkazildi.