Mazkur masala yuzasidan viloyat kengashi deputati Dilshunos Abdullayeva tomonidan Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborildi. Ushbu so‘rovga asosan viloyatning tegishli tashkilotlari bilan birgalikda tuman kengashi kotibiyati mudiri Xusnara Berdiyarova hamrohligida Tinchlik mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.