Янгиликлар

#Rasmiy

#Rasmiy

«Ustozlar milliy forumi»ning viloyat yakuniy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yil «Ustozlar milliy forumi» viloyatimizda Yangiyo‘l shahrida katta konferensiya bilan boshlandi va bir hafta mobaynida joylarda fanlar, yo‘nalishlar kesimida davom etdi.

Bugun Qibray tumanidagi «Do‘rmon» anjumanlar uyida «Ustozlar milliy forumi»ning yakuniy konferensiyasi o‘tkazildi. 

Anjumanda o‘tgan o‘quv yili natijalariga ko‘ra ijobiy natija ko‘rsatgan maktablar jamoasi, pedagoglar viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Forumda Toshkent viloyati Ta’lim Kengashi rahbari Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Slide 1 of 7