📌 “Dolzarb 90 kun” – Yoshlar bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish bo‘yicha navbatdagi amaliy qadam
Toshkent viloyati hokimining belgilangan topshiriqlari amalda!
14-avgust kuni “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish masalalarini o‘rganish maqsadida Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulira’no Umarova Oqqo‘rg‘on tumanidagi 49-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
🔍 Tashrif davomida:
Maktabdagi mavjud shart-sharoitlar
Turli yo‘nalishlardagi to‘garaklar faoliyati
Qo‘shimcha mashg‘ulotlar sifati
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati
batafsil o‘rganildi.
💡 G. Umarova yoshlarni yanada faol, ijodkor va intellektual rivojlanishga undash bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.
✨ Bu kabi uchrashuvlar – yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi, kelajak sari dadil qadam qo‘yishga ilhom beradi!