Янгиликлар

#jarayon

Parkent tumani 53-maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasini o'rgandi.

Toshkent viloyati deputati Muxsiddin Nizomiddinov, O'zbekiston XDP boshchiligidagi ishchi guruh vakillari va Yoshlar parlamenti a'zolari ishtirokida 53-maktabda turli sport, ijodiy va harbiy-vatanparvarlik to‘garaklarning faoliyati o'rganildi, unda o‘quvchilar kompyuter savodxonligi, saf tartibi, boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik hamda jismoniy mashg‘ulotlarini muntazam olib borilishi ko'zdan kechirildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar uchun jihozlar va qulay sharoitlar yaratilgani yoshlarning Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanishiga katta hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, maktabning sport jamoalari va sportchilari tuman, viloyat, respublika va jahon miqyosidagi musobaqalarda yuksak natijalarga erishib, g‘olib va sovrindor bo‘lishmoqda. Bu esa o‘quvchilar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va sportga qiziqishni oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 8