Янгиликлар

Ekologik xavfsizlik va energiya barqarorligi, zamonaviy filtrlar hamda chiqindi muammolari nazoratga olindi

 Yiliga 5,3 mln.m3 tabiiy gaz iqtisod qilib, atmosferaga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar 67 foizga kamaytiruvchi Chilonzor tumanidagi kogeneratsion inshooti, atmosferaga tashlamalarni kamaytiruvchi 520 ta filtrdan iborat zamonaviy texnologiya joriy qilgan Sergeli tumanidagi alyumin eshik va derazalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “ALUTEX” MChJ, “Maxsustrans” DUKga qarashli Yunusobod tumanidagi chiqindilarni qayta yuklash korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida ishchi guruh vakillari bu kabi tashkilotlar nafaqat issiqlik va elektr ta’minotini yaxshilash, balki ekologik xavfsizlikni ta’minlashda ham katta ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, aniqlangan kamchilik va muammolarni hal etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga takliflar kiritilishi, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik va energiya samaradorligini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan jamoatchilik nazoratiga olinishini ta’kidlab o‘tildi.

Slide 1 of 5