Shu jumladan 1000 dan ortiq ishchi yaratilgan Sergeli tumanida joylashgan “Orient Ceramik” MChJ, shahrimizning 60 foiz oqova suvlarini tozalovchi Salar aerostansiyasi, Yangihayot tumanidagi qog‘oz ishlab chiqaruvchi “Profpack” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida ishchi guruh vakillari ishlab chiqarish jarayonini ekologik talablarga rioya etgan holda tashkil etish, korxona atrofidagi yashil hududlarni yanada kengaytirish lozimligi, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha parlament va jamoatchilik nazoratiga olinishini ta’kidlab o‘tdi.