Mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan asosiy muammolar qatoriga Farobiy ko’chasi 4-berk 6-7-uylarning ta'mirga muhtoj masalalari kiritildi. Deputat har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’kidladi. Yig‘ilish yakunida nuroniylar va faollar ushbu chrashuvlarning amaliy natijadorligi yuqori bo‘lishiga umid bildirib, deputatga o‘z minnatdorchiligini izhor etdilar.