Янгиликлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Joriy yilning 28-avgust kuni tuman Kengashi deputati Jamila Allayarova "Ziyokor" mahallasida joylashgan 54- va 47-maktablarda bo‘lib, yangi 2025/2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida maktab binolarining holati, sinf xonalari, moddiy-texnik baza, xavfsizlik choralari va ta’lim muassasalarining sanitariya gigiyena qoidalariga muvofiqligi o‘rganildi. Yangi o‘quv yilining samarali boshlanishi uchun amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maktab rahbariyatiga tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan o‘quvchilarga qulay va xavfsiz muhit yaratish, ta’lim sifatini oshirish borasidagi sa’y-harakatlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6