Boyovut tumani "Paxtakor" mahallasining "Bahmal" qishlog‘ida O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” mavzusida ixcham va kamtarona tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda mahalla yettiligi a’zolari, tuman Kengashi deputati Halnisa Shayimova ishtirok etdi. Dastur davomida milliy raqslar, milliy sport o‘yinlari, she’rxonlik kabi madaniy-ma’rifiy chiqishlar namoyish etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida faol ayollar va onaxonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda, samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi.