Xalq deputatlari Boyovut tumani 6-Jo‘langar saylov okrugi deputati Umurzoq Yarlakabov "Jo‘langar" mahallasidagi maktabga tashrifi davomida sinf xonalari, laboratoriyalar, sport zallari hamda kutubxonaning jihozlanish darajasi ko‘zdan kechirildi. Maktabda olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar yuqori baholandi.
Shuningdek, deputat o‘qituvchilar jamoasi bilan suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini tingladi hamda yangi o‘quv yilida ularga omad tiladi.