EZGULIK MAHALLASIDA PROFILAKTIKA MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 8-Muborak saylov okrugi deputati N. Dedaxanova boshchiligida Ezgulik mahallasida profilaktika inspektori bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori (PQ-1) ijrosi yuzasidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolar osoyishtaligini saqlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, aholi o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida mahallada xavfsiz muhitni mustahkamlash, profilaktika ishlarini samarali tashkil etish hamda fuqarolar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.