Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLALARDA KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA

MAHALLALARDA KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA

25-Yangiyer saylov okrugi deputati I. Qahharova tomonidan hududdagi mahallalarda ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida ko‘chalarning mavjud holati, aholini qiynayotgan muammolar hamda hududlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar atroflicha o‘rganilmoqda.

Shuningdek, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglanmoqda. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli choralar belgilashga e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur o‘rganishlar aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarga yechim topish va hududlarni yanada obod qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1