Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a'zolari yangi qurilayotgan binolarning qurilish jarayonini o'rgandi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a'zolari yangi qurilayotgan binolarning qurilish jarayonini o'rgandi

Tumanimizda barpo etilayotgan obyektlarda sifatli qurilish-montaj ishlarini olib borish va belgilangan talablarga qat'iy rioya etilishini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a'zolari hududdagi yangi qurilayotgan binolarning qurilish jarayonini joyiga chiqib o'rgandilar.

O'rganish davomida qurilish obyektlarida loyiha-smeta hujjatlariga rioya etilishi, ishlatilayotgan xomashyo va materiallarning sifati hamda belgilangan belgilangan shaharsozlik normalariga amal qilinishi tanqidiy-tahliliy ko'zdan kechirildi.