Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA XAVFSIZLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI


MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA XAVFSIZLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

23-Ezgulik saylov okrugi deputati M. Xolmirzayeva tomonidan Namangan viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuz bergan ko‘ngilsiz voqealar yuzasidan hududdagi 41 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida bog‘cha tarbiyalanuvchilarining xavfsizligini ta’minlash, ularning ota-onalari bilan muntazam aloqada bo‘lish, bolalarga nisbatan e’tibor va mas’uliyatni yanada oshirish yuzasidan tushuntirish hamda targ‘ibot ishlari olib borildi.

Shuningdek, bolalarning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bolalar xavfsizligini ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonida mas’uliyatni oshirish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Slide 1 of 1