Kengash kotibiyatida haftalik ustuvor vazifalar muhokama qilindi
✅ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyatida haftaning ilk ish kunida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 Yig‘ilish kotibiyat mudiri S.Usmonov tomonidan olib borildi.
➡️ Unda o‘tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, belgilangan topshiriqlar ijrosi, erishilgan natijalar hamda faoliyat samaradorligi yuzasidan mas’ul xodimlarning axborotlari tinglandi.
♾ Shuningdek, ayrim yo‘nalishlarda to‘liq yakunlanmagan ishlar va mavjud kamchiliklar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
✅ Muhokamalar davomida deputatlik faoliyatini tashkiliy qo‘llab-quvvatlash, sessiyalar va doimiy komissiyalar ishini samarali tashkil etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish hamda joylardagi o‘rganishlar natijadorligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚡️ Yig‘ilish yakunida joriy haftaning ustuvor vazifalari belgilab olinib, mas’ul xodimlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.