Xotin-qizlar faoliyati deputat e'tiborida.
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 13-Angor saylov okrugi deputati Jo‘rayev Akbar Nortojiyevich tomonidan mahalladagi xotin-qizlar faollari faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla xotin-qizlar faoli Turdiyeva Gulchehra tomonidan hududdagi xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida deputatga ma’lumot berdi.
Deputat tomonidan xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini yanada oshirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, yosh qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda oilalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.