Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati N.Sharipova "dolzarb 90-kunlik" dasturi doirasida shahardagi "Jingavuz" mahallasida joylashgan 10-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan yozgi oromgohda bo‘lib o‘tgan vatanparvarlik tadbirida ishtirok etdi
Deputat N.Sharipova yoshlar bilan muloqot qilib, ularni yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazishga, kitobxonlik 📚 va sport ⚽️ bilan faol shug‘ullanishga chorladi.
Shuningdek, oromgohda bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, mahalla faollari va pedagoglar bilan kelgusidagi rejalarni belgilab oldi.