Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVI CHIQARILDI

🗓Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati D.A.Atayeva tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida navbatdagi deputat so‘rovi yuborildi.

📍 Shaharning “Shodlik” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida mahalla aholisini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammo o‘rganildi.

📊Aniqlanishicha, Aeroport ko‘chasidagi 1- va 2-sonli ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan oqava suv quvuridagi nosozlik sabab hududda doimiy ravishda suv to‘planib, ko‘lmak hosil bo‘lmoqda.

⚠️ Mazkur holat:
🔹 Sanitariya holatining yomonlashishiga;
🔹 Aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga;
🔹 Fuqarolarning kundalik turmushida noqulayliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

🔎Shu munosabat bilan muammoni bartaraf etish va oqava suv tizimini tartibga keltirish yuzasidan “Xorazm suv ta’minoti” AJ Urganch shahar filiali rahbari M.Qurambayev nomiga deputat so‘rovi kiritildi.