👥 Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P. Ro‘ziboyev hamda deputat N. Sharipova Jingavuz mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va e’tirozlarni joyiga chiqib o‘rgandilar.
🔎 O‘rganishlar davomida mahalla hududidagi 36-sonli ko‘p qavatli turar joy binosiga ichimlik suvi yetkazib beruvchi asosiy suv quvurining ta’mirlanmaganligi va aynan shu holat aholi uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani aniqlandi.
🚰 Aniqlangan muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda fuqarolarning ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida “Xorazm suv ta’minoti” AJ Urganch shahar filiali rahbariyati bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlar belgilandi va amaliy ishlar boshlab yuborildi.
🤝 Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi tomonidan aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlar izchil davom ettiriladi.