Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati San’atbek Masharipov tomonidan Urganch shahrida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish jarayonlari yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
So‘rovda O‘RQ–937-sonli Qonun ijrosi doirasida arizalarni ko‘rib chiqish holati, xatlov ishlari, tasdiqlangan reja-jadvallarga kiritilgan o‘zgartirishlar hamda mahallalar kesimidagi ijro natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etilishi so‘ralgan.
Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, qonunchilikda belgilangan muddatlarda asoslantirilgan javob taqdim etilishi talab etildi.