Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT SO’ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI

 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati M.Baratovaning Obodon MFY hududidagi O’zbekiston , Istiqlol va Diyor ko‘chalardagi ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda asfaltlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha yo‘llagan deputatlik so‘rovi tegishli tashkilot tomonidan o‘rganib chiqildi. 

🔹 O’rganishlar davomida mazkur hududda yo‘llar ta’mirtalab holatga kelib qolganligi va aholi murojaatlari inobatga olindi. 

🔹 Natijada Obodon MFY hududidagi O’zbekiston kochasi 1 km 200 metr, Istiqlol ko‘chasi 1.km 800 metr, Diyor ko‘chasi 1 km asfaltlash ishlari amalga oshirildi.Mazkur ko‘chalarning qatnov qismi yaxshilanib aholi harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratildi. 

🔹 Mazkur ishlar aholiga sifatli elektr ta’minotini yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 4