Yangiliklar

📌 DEPUTAT SO‘ROVI CHIQARILDI

J.Manguberdi mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator muhim masalalar ko‘tarildi.  

Jumladan, mahallada o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida saylovchilar tomonidan hududdagi “Gurlan” ko‘chasi 45 va 47-sonli ko‘p qavatli uylar oldidagi daraxtlarning ayrim shoxlari bugungi kunda qurib qolganligi yuzasidan jiddiy ohangdagi e’tirozlar ko‘tarildi.  

Mazkur murojaat yuzasidan muammoni hal etish maqsadida Urganch shahar qarantin inspeksiyasi rahbariga deputat so‘rovi chiqarildi.  

 🔎 Ushbu masala ijrosi deputat nazoratiga olindi.  

Slide 1 of 2