Yangiliklar

MUROJAATGA MUNOSABAT

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev Urganch shahar Navro‘z mahallasidan xalq deputatlari Xorazm viloyatiga saylangan deputat F.Sa’dullayeva bilan hamkorlikda shaharning Navro‘z mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi hodimlari bilan hududdagi muammoli masalalar yuzasidan suhbatlashdilar.  

Shuningdek mahallada yashovchi bir guruh fuqarolarning ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan bildirgan haqli e’tirozlari tinglanib, ta’mirlash ishlarini olib borishga mas’ul bo‘lgan tashkilot rahbarlariga deputat so‘rovi chiqarilishi rejalashtirildi.