Yangiliklar

FARMON IJROSI – DEPUTAT NAZORATIDA!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-17-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosiga asosan, Urganch shahridagi 8 mahallada 9 ta xonadonning Urganch shahar hokimligining “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan. 

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati B.Allabergenov va mahalla raisi O‘.Salayevlar ishtirokida “Yangi Ashxobod” mahallasidagi qurilish va ta’mirlash dasturiga tushgan xonadonda yuqoridagi farmon ijrosi yuzasidan amalaga oshirilayotgan ishlar xolatini o‘rgandilar. 

O‘rganish jarayoniga ushbu xonadonga biriktirilgan pudrat tashkiloti rahbari ham jalb etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, Prezidentimizning Farmonlari orqali shahardagi 9 ta oilalarga ajratilgan mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash orqali xar bir xonadonning turmushini yaxshilash va farovon hayot kechirishlari uchun ularga amaliy yordam berishdan iborat. 

O‘rganish davomidagi aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha biriktirilgan pudrat tashkiloti rahbariga deputatlar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.