Viloyat Kengashi deputati F.Sa’ullayeva bilan o‘rganiladigan navbatdagi manzil Navro‘z mahallasi Navbaxor ko‘chasining jamoat transporti harakatlanadigan biroq to‘xtash joyini o‘zgartirish yuzasidan fuqarolar tomonidan bildirilayotgan e’tirozli hudud bo‘ldi.
Mazkur hududda yashovchi keksa va nogironligi bo‘lgan hamda yosh farzandlari ko‘p bo‘lgan fuqarolarning murojaatiga ko‘ra shahar yo‘lovchi tashish transporti (aftobus) nazarda tutilayotgan huddan bir qancha uzoq masofada to‘xtashi, natijada keksa avlod vakillari hamda o‘quvchilar uchun noqulaylik tug‘dirayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Shundan kelib chiqqan holda viloyat transport boshqarmasiga deputatlik so‘rovi chiqarishga kelishib olindi.