Doimiy komissiya yig‘ilishida yo‘l infratuzilmasi masalalari muhokama qilindi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarori ijrosi doirasida muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Xususan, Paxtachi tumanida ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatni tasdiqlash yuzasidan tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan kiritilgan taklif eshitildi.