Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAISHIY CHIQINDILAR BILAN BOG‘LIQ ISHLAR TAHLIL ETILDI
янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
TERMIZ SHAHRIDA DEPUTATLAR QO'SHMA YIG'ILISHI: XAVFSIZLIKDAN TORTIB, IQTISODIYOTGACHA – DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

✍️Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan asosiy masalalar quyidagilarni o‘z ichiga oldi:

✅ 1. Shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i M.Boltayev 2025-yil davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarga oid hisobotini taqdim etdi. Unda jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi erishilgan natijalar va hamon mavjud bo‘lgan muammolar atroflicha muhokama qilindi. Deputatlar bu borada qo‘shimcha qat’iy nazorat va yangi mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdilar.

✅2. Termiz shahar Xalq qabulxonasi mas’ul xodimi Z.Xasanov 2025-yil davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar va ularning yechimi bo‘yicha olib borilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Har bir murojaatning qonuniy hal etilishi, aholi bilan ishlashdagi shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

 ✅3. Termiz shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i, S.Turayev Kengashning 2026-yil 8-yanvardagi tegishli qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish masalasi yuzasidan hisobot berdi. Bu o‘zgartishlarning asosiy maqsadi – shahar iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish va budjet daromadlarini ko‘paytirishga qaratilganligi ta’kidlandi.

✅4. Shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori, O.Jumayev esa “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish bo‘yicha hisobot taqdim etdi. Bu mablag‘larning qayerga va qanday yo‘naltirilishi, aholi uchun qanday ijtimoiy muhim loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishi muhokama qilindi.

📝Deputatlar barcha hisobotlarni sinchkovlik bilan tinglab, savollar berib, atroflicha muhokama qildilar. Mavzularning dolzarbligi va ularning aholi hayotiga bevosita ta’siri hisobga olinib, har bir masala yuzasidan aniq choralar belgilanishi hamda ularning bajarilishi deputatlar tomonidan nazoratga olinishi qayd etildi.

📥 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi faoliyatiga oid yangiliklardan xabardor bo‘lib borish uchun bizni kuzatib boring.👇

E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?authority_id=408®ion_id=8) |  Telegram |  Facebook (https://www.facebook.com/share/16BJiWF2ay/)

Slide 1 of 10