Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasida Urganch shahar hokimining birinchi o‘rinbosari J.Eshchanovning yoshlar bandligini ta’minlash yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqildi.
📊 Asosiy natijalar:
✅ 378 nafar ishsiz yosh ish bilan ta’minlandi;
✅ Yoshlar bandligi 100 foizga yetkazildi;
✅ 70 nafar harbiy xizmatdagi yoshning kelgusidagi bandligi ta’minlandi;
✅ Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik 47 foizga kamaydi;
✅ 19,7 milliard so‘mdan ortiq moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ajratildi;
✅ 31 ming nafardan ortiq yosh harbiy-vatanparvarlik tadbirlariga jalb qilindi;
✅ Respublika bosqichida 2 ta oltin va 3 ta kumush medal qo‘lga kiritildi.
Doimiy komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar qoniqarli deb baholanib, yoshlar bandligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.