🗓Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati D.A.Atayeva tomonidan saylovchilar murojaatlari asosida deputat so‘rovi yuborildi.
📍 Shodlik mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan Oybek to‘g‘ri yo‘l ko‘chasining 600 metr qismi (13-avtobus yo‘nalishi bo‘ylab) ta’mirtalab holatda ekanligi yuzasidan murojaatlar bildirildi.
📊Mazkur murojaatni ijobiy hal etish hamda hududdagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Urganch shahar hokimi o‘rinbosari D.E.Sabirov nomiga deputat so‘rovi kiritildi.
✅ Deputatlik nazorati doirasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarga yechim topish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
📌 Murojaatlar nazoratga olingan bo‘lib, masala yuzasidan tegishli tashkilotlarning munosabati kutilmoqda.