Xalq depuatlari Urganch shahar Kengashi deputatlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan shaharda 2025-yil yoz mavsumida faoliyat olib boradigan oromgohlarda bolalarning dam olishlarini munosib tashkil etish va tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish maqsadida Urganch shahridagi "Mexrigiyo", "Musavvir" va "Umid" nomli dam olish oromgohlari faoliyati o‘rganildi
va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
O‘rganishlar davomida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish oromgohlari faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish borasida barcha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlari davom etayotganligi kuzatildi.